XALQARO SIYOSAT

XALQARO SIYOSAT — xalqaro munosabatlar sub‘yektlarining birgalikdagi, maqsadli siyosiy faoliyati; BMT va dunyo hamjamiyatining boshqa qonuniy va e‘tirof etilgan organlari va tashkilotlari faoliyatida namoyon bo’luvchi birlashgan manfaat. Ko’pincha tashqi siyosat bilan bir narsa deb qaraladi. Lekin unda davlatlar jahon hamjamiyatining ular oldida turgan muammolarni hal qilishga doir birgalikdagi, kelishilgan harakatlarini ta‘minlash bilan bog’liq muhim jihat ajratiladi. Xalqaro muammolarni hal qilish usullari ham o’ziga xos. Ular teng huquqli, suveren davlatlar o’rtasidagi raqobat, kelishuv, muzokaralar yo’li bilan hal qilinadi.