XALQARO XAVFSIZLIK

XALQARO XAVFSIZLIK — xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar o’rtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik xalqaro munosabatlardagi kafolatlangan barqarorlik, dunyo hamjamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy sohalaridagi mustahkam adovatni, harbiy nizolar va urushlarning oldini olish sharoitlari shakllangan holati. Milliy xavfsizlikni himoyalanish darajasi to’g’ridan-to’g’ri xalqaro xavfsizlik bilan bog’liq. Xalqaro xavfsizlik o’z ichiga milliy va mintaqaviy xavfsizlik turkumlarini mujassam qilgan. Xalqaro xavfsizlik – milliy xavfsizlikdan farqli ravishda davlat xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi bilan murakkab bog’liqligini e‘tirof etadi. Xalqaro xavfsizlik prinsiplari kuyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun bab-baravar xavfsizlikni ta‘minlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini so’zsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yo’l bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar o’rtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; genotsid, aparteidam tugatish, fashizmni targ’ib qilmaslik, diskriminatsiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yo’qotish; qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir. Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yo‗nalishlari va xususiyatiga, sivilizatsiya darajasi, ma‘naviyat va sh.k.ga bog’liq bo’ladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik ta‘minlanishiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ―Mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni ta‘minlash sari konsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni ta‘minlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.