Xalqobod

Xalqobod — Qoraqalpog’iston Respublikasi Kegeyli tumanidyapl shahar (1986 yildan). Respublikaning shimolida Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Kegeyli (3 kilometr). Aholisi 11,7 ming kishiga yaqin (2004). Xalqobod 1830 yilda Kumo’zak arig’i bo’yidagi Bag’anali qumi yonida vujudga kelgan. 1830-73 yillarda qal’a (hozirgi kungacha saqlangan) yonida qo’rg’on qurilib, unda Madrasa, qozixona, kutubxona, hammom va boshqalar bo’lgan. 1916 yilda mahalliy aholi va turkmanlar orasidagi do’stlik ramzi sifatida qal’a Xalqobod deb nomlangan. Xalqobodda 1965 yilda paxta tozalash zavodi, avtokorxona, 1967 yilda ko’chma mexanizatsiyalashgan kolonna, 1970 yilda ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan Kolonna ishga tushirildi. Shuningdek, hammom, tikuvchilik tsexi, aloqa bo’limi va boshqalar qurildi. Shaharda «Xalqobod momig’i», «Xalqobod» avtotransport korxonalari, «Agroqurilish» va «suv qurilish», Kegeyli qurilishsozlash boshqarmasi, dehqon bozori, «Xalqobodmatlubot» sho»ba korxonasi, tikuvchilik tsexi, O’zbekiston Rossiya «Qarroqishloqmash» qo’shma korxonasi, 14 xususiy firma, 40 nafar yakka tadbirkor faoliyat ko’rsatmoqda. 3 umumiy ta’lim maktabi, sanoat-transport kasb-hunar kolleji, maktab-bog’cha majmuasi, sport majmuasi, qishloq kasalxonasi mavjud.