Xan, Xan

Xan, Xan — qadimgi Xitoyda imperatorlar sulolasi (miloddan avvalgi 206 — milodiy 220), ushbu sulola boshqargan davlat va Xitoy xalkining nomi. Xan sulolasi 2 qismga bo’lingan: G’arbiy Xan (Sixan — miloddan avvalgi 206 — milodiy 25) Avvalgi Xan (Syanxan) hamda Sharqiy Xan (Dunxan — milodiy 25-220) yoki keyingi Xan (Xou- Xan). Birinchi Xan sulolasining asoschisi Lyu Ban bo’lib, u Gaoszu nomi bilan miloddan avvalgi 202-195 yillari, ikkinchi Xan sulolasining asoschisi esa Lyu Syu (57) bo’lib, u Guanudi nomi bilan mil. 25— 57 yillari taxtni boshqargan. Har 2 sulola dehqonlar qo’zg’olonlari natijasida yuzaga kelgan va tugatilgan. Bu sulolalar avvalgi an’anaviy ma’muriy tuzum va tafakkurni yanada takomillashtirish yo’lidan borganlar. Ayniqsa, Xitoy imperatorlari o’zlarini Tangrining yer yuzidagi farzandi, ularga hamma itoat qilishi va bundan bosh tortganlar esa jazolanishi lozim, degan g’oyani o’zlariga dastur qilib olganlar. Ichki va tashqi siyosat ham aynan shu g’oyaga asoslangan. G’arbiy Xan sulolasining dastlabki davrida qo’zg’olonchilar rahbarlarining o’lkalarga hokim etib tayinlanishi va bir qancha imtiyozlarga, jumladan, o’zi idora qilayotgan hududdagi soliq va moliya masalalarini mustaqil yechish huquqiga ega bo’lishi markaziy hokimiyatning zaiflashishi va hokimlarning kuchayib ketishiga olib kelgan. Uzoq yillar davomida Hun imperiyasiga o’lpon to’lash va unga qarshi kurashish Xitoyning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Udi (miloddan avvalgi 140-87) davrida vaziyat o’zgargan. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo’lida siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy, harbiy islohotlar o’tkazilgan. Udi davrida Xan sulolasi o’z hududini kengaytirish, Buyuk ipak yo’lini hunlar qo’lidan tortib olish va bunga to’siq bo’lib turgan Hun (syunnu) xoqonligiga qarshi kura-shish masalasiga katta e’tibor bergan. Bu borada hunlar ta’siridan qutulishga intilgan davlatlar bilan ittifoq tuzish, «uzoqdagi raqib bilan do’stlashib, yaqindagi dushmanga zarba berish» strategiyasi amalga oshirilgan. Shu maqsadda o’sha davrda Turkistonda mavjud bo’lgan Kangkiya (Kantszyuy), Farg’ona (Davan davlati), ulug’ yuechji (Dayuechji) kabi davlatlarga Chjan Syan 2 marta elchi kilib yuborilgan. Farg’onaga 2 marta qo’shin yuborib urush kilgan. Udidan keyingi davrda mamlakat inkirozga yuz tuta boshlagan. Uzoq yillar olib borilgan urushlar Xan imperiyasi hududini kengayishiga olib kelgan bo’lsada, ular mamlakat iqtisodini zaiflashishi, soliqlarning ko’payishi, ichki siyosiy va ijtimoiy vaziyatni keskinlashishiga olib kelgan. Vanman hukmronligi davrida (milodiy 9-22) Xitoyda «Qizil qoshliqlar qo’zg’oloni», «Yashil daraxtzorliklar qo’zg’oloni» kabi dehqonlar harakati bo’lib o’tib natijada G’arbiy Xan sulolasi yakun topgan. Ushbu sulolaga mansub ayrim amaldorlar, jumladan, Lyu Syu fursatdan foydalanib hokimiyatni qo’lga olishga erishgan. Milodiy 25 yil u o’zini imperator deb e’lon qilib Xan sulolasi nomini tiklagan. Aholisini tinchlantirish maqsadida soliq hajmini 30 baravar kamaytirgan. Aholi qaytadan ro’yxatga olingan va mamlakatda 21 million kishi yashayotganligi anikdangan. Davlatning siyosiy va iqtisodiy vaziyati yaxshilangach, Sharqiy Xan sulolasi o’zining tashqi siyosatini faollashtirgan. 43-44 yillarda Vetnamga qarshi urush qilib, u yerda o’z nazoratini o’rnatgan. Shundan keyin Xan sulolasi hunlarga qarshi urush boshlab, Sharqiy Turkistonni bosib olishga intilgan. Bu borada mahalliy hokimlar o’rtasidagi ziddiyatlardan foydalanishga harakat qilgan va milodiy 97 yil bu vazifani Ban Chao boshchiligidagi bir guruh soqchilarga topshirgan. Ammo Xan sulolasi ayrim yutuqlarga ega bo’lgan bo’lsa ham natijada o’z maqsadiga yetisholmagan. Hunlarga qarshi amalga oshirilgan to’xtovsiz urushlar, Farg’onaga qilgan harbiy yurishlar va Buyuk Xitoy devoripsh cho’zish hamda uni ta’minlashga qaratilgan harakatlar ikkinchi Xan imperiyasi iqtisodiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Mamlakatda xiyonat, qonunbuzarchilik, o’zaro nizolar, jangu jadallar, siyosiy va ijtimoiy keskinlik avj olgan. Bular natijasida «sariq belbog’liklar» nomli dehqonlar qo’zg’oloni yuzaga kelgan va Xan sulolasi tugatilgan. Xan sulolasi davrida barpo etilgan davlat boshqaruv tizimi Xitoyda davlatchilik tizimining keying taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Abdulahad Xo’jayev.