XARALD V

XARALD V (to’liq ismi Xarald Glyuksburg) (1937.27.2, Oslo yaqini) — Norvegiya davlat arbobi. Norvegiya qiroli Ulaf V ning o’gli. Oslodagi kafedral maktab (1955), zobit kavaleristlar maktabi (1957), harbiy akademiya (1959), Oksford (Buyuk Britaniya) dagi kollej (1962) ni tugatgan. 1957 yil 21 sentabrdan taxt vorisi. 1991 yil 17 yanvardan Norvegiya Qirolligi qiroli.