XARLEM
XARLEM, Garlem — Niderlandiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Shimoliy Gollandiya provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishi (2001). Sparna kanalidagi bandargoh. Gulchilik rayoni markazi. Eksport uchun gullar, asosan, Lola ekiladi. Transport mashinasozligi, sintetik kauchuk ishlab chiqarish, parfyumeriya, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, bog’lar bor. 14-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.