XARTLAYN (HARTLINE) XOLDEN KEFFER

XARTLAYN (HARTLINE) XOLDEN KEFFER (1903.22.12, Blumsberg, Pensilvaniya — 1983) — amerikalik fiziolog va biofizik. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Baltimordagi Jons Xopkins universitetini tugatgan (1927). Pensilvaniya universiteti (1943-49), J. Xopkins universiteti (1943-53), Rokfeller universiteti (1953— 74) professor. Ilmiy ishlari bo’g’imoyoqlilar ko’zidagi ayrim nerv hujayralarining bioelektr potentsiallariga oid. Nobel mukofoti laureati (1967; R. Granit va J. Uold bilan hamkorlikda).