Xartum

Xartum — Sudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdo-moliya, sanoat va madaniyat markazi. Ko’k Nilning chap va oq Nilning o’ng sohilida, ular qo’shilgan yerda 380 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 1 million kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yog’in 160 mm. Transport yo’llari chorrahasi, Daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, to’qimachilik, ko’nteri, rezina-texnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor. Shaharga 1822 yilda misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825 yildan Sudan poytaxti. 1898 yilda inglizlar bosib olgan. 1956 yildan mustaqil Sudan poytaxti. Me’moriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), jome masjidi (1900) va boshqalar saqlangan.