XASAVYURT
XASAVYURT — Rossiya Federatsiyasi Dogaston Respublikasidagi shahar (1931 yildan). Yoriqsuv daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 84,8 ming kishi (1998). Oziq-ovqat (konserva, go’sht, aralash yem kombinatlari, sut zavodi) sanoati rivojlangan. Priborsozlik, ta’mirlashmexanika, g’isht, temirbeton zavodlari, mebel, tikuvchilik fabrikalari bor. Bir qancha o’rta maxsus bilim yurti faoliyat ko’rsatadi.