XAYFON
XAYFON — Vetnamdagi shahar. Atrofidagi hududlar bilan markazga bo’ysunuvchi maxsus ma’muriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 784 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Xongxa daryosi deltasining shim.dagi yirik dengiz porti. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Tsement, oynashisha, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, kemasozlik, kema va avtomobillarni ta’mirlash hamda boshqa korxonalari mavjud. An’anaviy hunarmandchilik rivojlangan. Baliq ovlash markazi. Shaharga 19-asrda asos solingan.