Xeveshi

Xeveshi (lotincha Hevesy) Derd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizik- kimyogar, radiokimyogar. Vengriya Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1945 yildan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911— 13), Venadagi radiy institutida (1913), Budapesht universitetida (1913-20) ishlagan (1918 yildan prof.). Kopengagen (1920-26 va 1934-43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943 yildan) universitetlari professor. Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biologiyada radioaktiv indikator (radiy D) qo’llab o’simliklarda qo’rg’oshinning taqsimlanishini o’rgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Og’ir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943).