Xiks (Hicks) Ser jon Richard
Xiks (Hicks) Ser jon Richard (1904.8.4, Uorik 1989) ingliz iqtisodchisi. Oksford universitetida o’qigan (1922-26), Londondagi iqtisodiyot maktabida dars berdi (1926-1935). Manchester (1938-46) va Oksford (1952-65) universitetlari professor. O’z asarlarida iqtisodiy nazariyadagi matematika maktabining umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasi va eng yuqori naflilik nazariyasi g’oyalarini rivojlantirdi. Shuningdek, iqtisodiy o’sish va ish haqi muammolarini o’rgandi. Asosiy asarlari: «ish haqi nazariyasi», 1932; «iqtisodiy tsikl nazariyasiga doir», 1950; «kapital va iqtisodiy o’sish», 1965; «keynschilik iqtisodiy nazariyasining inqirozi», 1974 va boshqalar. U iqtisodiy tarix nazarisiga ham muhim hissa qo’shdi, ayniqsa, iqtisodiy rivojlanishning tarixiy mantig’ini keng yoritdi. Nobel mukofoti laureati (1972; K.Errou bilan birga).