XIROSIMA

XIROSIMA — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolining Janubi g’arbida. Xirosima prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,12 million kishi (2000). Mamlakatning muhim transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Ota daryosi deltasidagi port. Kemasozlik va stanoksozlik, avtomobilsozlik, harbiy, rezina- texnika, yog’ochsozlik, qog’oz, to’qimachilik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Shahar zamindorlar qasri atrofida 16-asrda bunyod etilgan. 1945 yil 6 avgustda AQSh aviatsiyasi tomonidan tashlangan atom bombasidan qattiq zarar ko’rgan. Bombardimon natijasida halok bo’lganlar xotirasiga yodgorlik muzeyi barpo etilgan. Tinchlik memorial markazi Xirosimadagi eng muhim zamonaviy me’moriy bino hisoblanadi.