XIRQA
XIRQA (Arabcha — yamoq, quroq) — junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, sufiylar kiygan. Xirqa odatda Sufiylikda pirdan shogirdga o’tgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u ko’pincha eskirgan, quroq va yamoq bo’lgan. Xirqa o’zbeklar orasida janda deb atalgan.