Xizmat mansabini suiiste’mol qilish
Xizmat mansabini suiiste’mol qilish — boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlardan biri; mansabdor shaxstsht mansab vakolati, amalidan o’z manfaati yo’lida foydalanishi. Mansab vakolati mansabdor shaxsning tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy xo’jalik vakolatlari bilan belgilanadi. Xizmat mansabini suiiste’mol qilish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo’ladi. Amalini suiste’mol qilish shtat moliya intizomini buzish; nazorat va taftish idoralarini adsash; tovar-moddiy boyliklarni o’g’irlash va kamomadlarni yashirish; davlat, jamoat mulkini yoki boshka har qanday mulkni o’zlashtirish yoki uni o’zlashtirmagan holda g’arazli maqsadlarda foydalanish; ayrim fuqarolar va boshqalarga tegishli mulk hisobiga noqonuniy boyishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining Jkda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik uchun tegishli jazo belgilangan (205-modda).