Xlor-kauchuklar
Xlor-kauchuklar — xlorlangan kauchuk mahsulotlari. Xlorlangan tabiiy kauchuklar (xlorkauchuk), [C10HnCL7]n — termoplast. Molekulyar modda 100 minggacha, yumshash temperaturasi 70″ atrofida, zichligi 1630— 1660 kg/m3. Aromatik uglevodorodlarda, xloroformda, ketonlarda, murakkab efirlarda, nitrobenzolda eriydi. Kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, yonmaydi. Plastik holatdagi tabiiy kauchukning eritmasi orqali 80°da xlor o’tkazish yo’li bilan olinadi. Lokbo’yoq, yelim ishlab chiqarishda qo’llanadi.