XLORBENZOL

XLORBENZOL, S6N5S1 o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi -45,6°, qaynash temperaturasi 132°; suvda oz eriydi, spirt, efir benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (71,6% Xlorbenzol, qaynash temperaturasi 90,2°) hosil qiladi. Sanoatda benzolni katalizator (G’eS13, A1S13) ishtirokida 40-60°da xlorlab olinadi. Xlorbenzol va uning ba’zi hosilalari organik sintezda va erituvchilar sifatida qo’llanadi.