Xlorella
Xlorella (Chlorella) — bir hujayrali xlorokokk suvo’tlar urug’i. Hujayrasi sharsimon, 15 mkm, qobig’i silliq, 4-8 (ba’zan 16) tagacha Avtosporalar hosil qilish orqali jinssiz ko’payadi. 20 ga yaqin turi, jumladan, O’zbekistonda bir necha turi tarqalgan. Chuchuk va dengiz suvlarida, nam tuprokda uchraydi; lishayniklar va suvda yashovchi organizmlar tanasida simbioz yashaydi. Oqar suvlarni biologik tozalashda, yopiq ekosistemalar (masalan, kosmik kemalar, suv osti kemalari)da havoni qayta tozalashda va fotosintez jarayonlarini o’rganishda keng miqyosda foydalaniladi.