Xloropren kauchuklar
Xloropren kauchuklar, Nairit, neopren, [ —SN2S(S1) = = SNSN2] pmol.molekulasi 100200 ming. Shishalanish temperaturasi -40°dan -50° gacha, kristallanish temperaturasi -10°, zichligi 1200-1240 kg/m3. Yuqori yopishqoqlikka ega. Aromatik va xlorlangan uglevodorodlarda eriydi. Xloroprenni emulsion polimerlash yo’li bilan olinadi. Rux, magniy va boshqa metallarning oksidlari ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Rezinalar moy, benzin, ozonga, issiqqa, ishqorlar, suyultirilgan kislotalar ta’siriga chidamli, yonmaydi, edirilishga bardoshli, elastik. Rezina texnik mahsulotlar, yelimlar ishlab chiqarishda, simlar, kimyoviy jihozlar va vallar uchun qoplamalar tayyorlashda, shuningdek, lateks sifatida qo’llanadi.