Xoja Jarroh yodgorlik majmuasi
Xoja Jarroh yodgorlik majmuasi — Qarshi shahridagi me’moriy yodgorlik (14-asr). Sohibqiron Amir Temur 14-asr oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulug’ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Aljarroh qabri xokidan keltirib Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-asr 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara to’rtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq g’ishtdan qurilgan, bosh peshtog’i burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar bo’lib, panjaralar o’rnatilgan. Maqbara ichi ganch o’ymakorligida pardozlangan.