Xo’ja Sinon
Xo’ja Sinon (1489/1490, Kaysari — 1588, Istanbul) — turk me’mori va muhandisi, 1538 yildan Sulton Sulaymon I huzurida bosh me’mor. Xo’ja Sinon Vizantiya me’morligini ijodiy o’rgangan. Uning bevosita rahbarligida juda ko’p saroy, masjid, maqbara, istehkom, ko’priklar va boshqa inshootlar bunyod etilgan. Xo’ja Sinon yaratgan binolar, asosan, Markaziy gumbazli bo’lib, ulug’vorligi, intererlarining kengligi va hashamatliligi, yaxlit mujassamoti bilan diqqatga sazovor: Istanbuldagi Shahzoda (1548), Sulaymoniya (1550-57), Edirnedagi Salimiya (1569-75), Evpatoriya (Ukraina)dagi Jome (1552) masjidlari va boshqalar.