XO’JABAQIRG’ON

XO’JABAQIRG’ON — Farg’ona vodiysidagi daryo. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 117 kilometr. Havzasining umumiy maydoni 2150 kilometr kvadrat. O’rtacha yillik suv sarfi 10,3 metr kub/sekund. Muzlik va qor suvlaridan to’yinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Ko’p qismi Qirg’iziston hududidan oqadi, suvi sug’orishga sarflanib, Tojikistonning Xo’jand shahri yaqinida tugaydi.