XO’JAG’OR

XO’JAG’OR — so’nggi paleolit davriga oid manzilgoh. Qirg’izistonning O’sh viloyati qopqon qishlog’i yaqinida joylashgan. 1954-55 yillarda A. P. Okladnikov rahbarligida Tojikiston arxeologiya ekspedisiyasi o’rgangan. Xo’jag’orda yashagan odamlar chaqmoqtoshdan qurollar yasaganlar. Xo’jag’ordan tosh parrakchalar, chaqmoqtosh uchirindilaridan yasalgan xilma-xil qirg’ichlar, teshgichlar, Parmalar, nayzasimon qurollar va boshqalar topilgan. Tezoqarsoy manzilgohning bir qismini yuvib ketgan.