XO’JAYEV AZIMMUROD
XO’JAYEV AZIMMUROD (1909 — Samarqand — 1968) — koshinkor, kulol. Hunarni usta G’ulomdan o’rgangan. Xo’jayev boshchilik kilgan ustaxona rejali ravishda qoplama sopol parchalarini tayyorlagan. Tillakori madrasaning burchak minorasiga sharafalar ishlagan; Amir Temur maqbarasi gumbazining aslini tiklab, koshinlar bilan bezagan (hamkorlikda); Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasi, Mir Arab madrasasi, Turkiston (Qozog’iston) dagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va boshqa obidalarni ta’mirlashda ishtirok etib, ular uchun koshinlar tayyorlagan.
O‘xshash so‘zlar
- Xo’jayli
- Xo’jayev Olim
- Xo’jayev Bobo
- Xo’jayev Soyib
- Xo’jayev Porso
- Xo’jayev Otaulla
- Xo’jayev Fayzulla
- XO’JAYEV AZMIDDIN


