Xo’jakent GES
Xo’jakent GES — Chirchiq daryosining yuqori qismida, Chorvoq GES dan quyiroqda. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Qoronko’l qishlog’i yaqinida joylashgan. O’rta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy quvvati 165 MVt bo’lgan 3 gidroagregat o’rnatilgan. GES qurilishi 1971 y.da boshlangan. 1gidroagregati 1976 yil 10 dekabrda foydalanishga topshirilgan, keyingi 2 agregati 1977 yilda ishga tushirilgan. GES gidrouzeli tarkibiga balandligi 40 metr, uzunligi 597 metrli to’g’on, 3 ta suv tashlama inshoot, stansiya binosi kiradi. GESdan elektr quvvati 110 kv kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. 2003 yilda 688,1 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. O’rta Osiyo «energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan.