XO’JALIK MUOMALALARI

XO’JALIK MUOMALALARI — mablag’larning hajmida, tarkibida, joylashish va foydalanishida, shuningdek, bu mablag’lar manbaining tarkibi va tayinlanishida o’zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo’jalik harakati. Xo’jalik muomalalari va ular tufayli hisob obyektlarida bo’ladigan o’zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd qilinadi. Xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida qayd qilish yo’li bilan uning predmeti aks ettiriladi.