Xo’jalik nizolari

Xo’jalik nizolari (O’zbekiston Respublikasida) iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida taraflar o’rtasida kelib chiquvchi kelishmovchiliklar. Yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolar Xo’jalik nizolari bilan bog’liq huquqiy munosabatlarning sub’yektlari hisoblanadi. Xo’jalik nizolarining quyidagi turlari mavjud: tuzilishi nazarda tutilgan shartnoma moddasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan kelib chiqqan bo’lib, hal etish uchun xo’jalik sudiga topshirish haqida taraflar o’zaro kelishgan ixtiloflar; shartnoma shartlarini o’zgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi; mulk huquqini tan olish to’g’risidagi; majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli tarzda bajarilmaganligi; mulkdor yoki molmulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan molmulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga oid; mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmagan holda buzilganlik; yetkazilgan zararni qoplash; sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro’sini himoya qilish to’g’risidagi va boshqa nizolar, davlat ro’yxatiga olishni rad etganligi yoki belgilangan muddatda davlat ro’yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan Shikoyat kabilar. Xo’jalik nizolarini, asosan, xo’jalik sudlari ko’rib chiqadi. Xo’jalik sudlarining vakolat doirasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (111-modda) belgilab berilgan. Xo’jalik nizolari, shuningdek, hakamlar sudita ko’rish uchun topshirilishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi XPK, 25-modda).