XO’JAYEV FAXMUTDIN

XO’JAYEV FAXMUTDIN (1915.12.2, Toshkent viloyati Parkent qishlog’i — 1975.27.4, Toshkent) — texnolog-muhandis. Sanoat akademiyasi va Toshkent to’qimachilik institutida o’qigan (1937- 41). Texnika fanlari nomzodi (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Toshkent shahri partiya qo’mitasi xodimi (1946— 47), birinchi kotibi (1950-52, 1958— 60), Toshkent viloyati ijroiya qo’mitasi raisi (1956-57). Xo’jayevning faoliyati O’zbekistonda paxtachilik va yengil sanoatni rivojlantirish bilan bog’langan edi. U O’zbekiston SSR to’qimachilik sanoati (1957-58), paxta tozalash sanoati (1965-68), yengil sanoat (1968-75) vaziri lavozimlarida, xalq xo’jaligi kengashi tizimlarida ishlagan. Toshkent shahri ko’chalaridan biri uning nomi bilan ataladi.