Xojkin (Hodgkin) Alan Lloyd
Xojkin (Hodgkin) Alan Lloyd (1914.5.2, Binberi, Oksfordshir, Angliya) — ingliz fiziologi; London Qirollik jamiyati a’zosi (1948) va Prezidenti (1970-75). Kembrij universitetini tugatgan (1936). Shu universitet professor (1952 yildan), Lester universiteti rektori (1971 yildan). Asosiy ilmiy ishlari nerv hujayralari fiziologiyasi, nerv qo’zg’alishi va tormozlanishi mexanizmlarini o’rganishga oid. Biopotentsiallarning hosil bo’lishi hujayra membranalari orqali ionlarning o’tkazilishi bilan bog’liq ekanligini nazariy va eksperimental isbotlab bergan. Nerv tolalarida potentsiallar ta’siri mexanizmlarini tadqiq qilish maqsadida membranalarda potentsiallarni o’lchaydigan original usulni ishlab chiqqan. Nerv impulslari hosil bo’lishida ion gradientlarining ahamiyati to’g’risidagi asosiy nazariya muallifi. Nobel mukofoti laureati (1963; hamkorlikda).