Xol

Xol — terining tug’ma nuqsoni, ayrim hujayralarning zo’r berib o’sishi. Tomirli, pigmentli, so’galli va boshqa Xollar bo’ladi. Tomirli Xol teri tomirlarining kengayishidan vujudga keladi. U katta-kichik, chetlari notekis, qizg’ish yoki ko’kimtirqizg’ish tusda, usti g’adirbudur, serg’ovak, shakli yassi, yapaloq yoki tugunchali bo’ladi. Pigmentli Xol melanin Pigmenti bor hujayralardan, teri nervlari qobig’ining hujayralaridan vujudga keladi. Xolning soni va kattaligi turlicha: jigarrang yuzasi silliq yoki so’galsimon. Pigmentli Xol yuzasida ko’pincha tuklar bo’ladi. So’galli Xol qo’ng’ir tusli so’gallar ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Xolni turli shikastlanishlardan va quyosh nuridan saqlash kerak. Pigmentatsiya kuchayganda yoki kamayganda, shuningdek, Xol kattalashganda tezda vrachga murojaat qilish kerak.