«Xoldorxon»
«Xoldorxon» — «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlardan eng yirigi. She’riy qismining o’zi 11 ming misraga yaqin. Ergash Jumanbulbul uiadan yozib olingan (1927) va nashr etilgan (1972). Dostonda Qrim xoni Xoldorxonning Go’ro’g’liga g’arazi, Go’ro’g’lining Qrimga borishi va jangu jadallardan keyin Xoldorxon bilan yarashishi, Go’ro’g’lining tog’asi Ahmad Sardorning Chambil elini talashi kabi voqealar tasvirlangan. Asarda o’z yurtini tashqi va ichki dushmanlardan mardlarcha himoya qilgan xalq qahramonlari — Go’ro’g’li va uning 40 yigiti (Avaz, Beksara, Asqar, Berdiyor, Hasan Ko’lbar, Hasan Chopson kabi bahodirlar) shijoati, Yunus pari boshchiligidagi Chambil ayollari jasorati kuylanadi. Doston voqea-hodisalar ko’lamining kengligi, tasvirning boyligi, Nasr qismining san’atkorona ish- langanligi jihatidan o’ziga xos roman darajasiga ko’tarilgan. Ad.: Bulbul taronalari, 4j. T., 1972.