Xom ashyo
Xom ashyo — ishlab chiqarish uchun mehnat sarf bo`lgan, lekin hali ishlov berilmagan yoki qayta ishlanmagan material yoki mahsulotlar. Xom ashyo ishlov beruvchi sanoat uchun dastlabki materialdir. Energetika yoqilg`isi xom ashyosi (neft, tabiiy gaz, ko`mir, yonuvchi slanets, uran), metallurgiya xom ashyosi (turli metall rudalari, barit, plavik shpat, oltingugurt), texnik xom ashyo (olmos, grafit, slyuda) va sun’iy xom ashyolar bo`ladi. Qishloq xo`jaligi, o`rmon, baliq sanoati xom ashyolari – g`alla va texnika ekinlari, yog`och-taxta, g`usht, baliq, sut, xom teri, jun va b. Ishlov berilgan, lekin hali tayyor mahsulot hisoblanmagan (tayyor mahsulotga aylanishi uchun yanada ishlanadigan) Xom ashyo yarim fabrikat deb ataladi.