Xonaqoh

Xonaqoh-shayx va darvishlar zikru samo qiladigan xona, masjid. Islom dini tarqalishi bilan yuzaga kelgan. Darvishlar, ziyoratchilar uchun tunash joyi sifatida masjid, maqbaralarning bir qismi tarzida qurilgan. Darvishlar uyushmalarining markazi sifatida qurilgan yirik xonaqohlarning katta zallari, ularning atroflarida esa ziyoratchilar uchun hujralar bo’lgan. Keyinchalik mahalla, qishloq masjidlarining namoz o’qiladigan xonasi ham xonaqoh deb atalgan.