Xondiza polimetall ruda koni

Xondiza polimetall ruda koni — Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor tog’larining Janubiy g’arbiy qismida, Denov shahridan 90 kilometr narida joylashgan. Vulkanogen jinslardagi kolchedanpolimetall sanoatgenetik tipga mansub. Konda 1968-74 yillarda mufassal razvedka ishlari olib borilgan. Konni T. Sh. Shoyoqubov ochgan. Xondiza polimetall ruda koni Vulkano-tektonik strukturada joylashgan bo’lib, asosan, andezitdasitriolit tarkibli quyi karbon tog’jinslaridan tuzilgan. Intruziv tog’jinslaridan granitporfir, gabbrogranit, gabbrodiorit, diabazporfir, adamelit va lamprofirlar mavjud. Kondagi eng katta ruda to’plami Vize yarusining zoy (C,t—V,) va Vaxshivar (C,v2S) svita yotqiziqlarida (konglomerat, qumtosh, alevrolit va riolitli tuflar) joylashgan. Asosiy rudalashuv zonasi bir-biriga yaqin joylashgan, 10— 20 metrdan 120-150 metrgacha bo’lgan qatlamsimon va linzasimon tanalardan iborat bo’lib, yalpi brekchiyasimon hamda xolxolsimon rudalar majmuasidan iborat. Polimetall rudalar, asosan, Galenit, sfalerit, xalkopirit minerallaridan tashkil topgan. Oz miqdorda pirit, kvars, serisit, dolomit, xlorid ham uchraydi. Rudada asosiy elementlar (Zn, Pb, Si) dan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega Ai, Ag, Cd, Se, Fe va boshqalar bor. Xondiza polimetall ruda konida qo’rg’oshin — 703,8 ming tonna (rudadagi tarkibi 2,99%), rux — 1503,8 ming tonna (6,39%), mis 173,1 ming tonna (0,85%), kumush — 2333,3 tonna (114,3%), oltin — 7064 kilogramm (0,35 g/t), selen — 128 tonna (0,00068%), kadmiy, indiy va boshqalarning zaxiralari aniqlangan. Xondiza polimetall ruda konini o’zlashtirish 2005 yildan qo’shma korxona tashkil qilish yo’li bilan amalga oshirish mo’ljallangan.