Xonqiz qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Xonqiz qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastining Farg’ona rayonida. Toponimning kelib chiqishi haqida xalq orasidagi “Xon qizi, xonning qizi” etimologiyasi afsonadir. Aslida nom ikki komponentdan – Xon va Qiz geografik terminlardan tuzilgandir. Xon, xan so’zlari E.Murzayevning fikriga qaraganda Avestoda ham uchraydi. Bu so’z “quduq, chashma, buloq” ma’nosini bildiradi. Qiz yoki xiz termini “balandlik, yuqori” ma’nolariga ega. Fors tilida ham Xiz so’zi shu ma’noni ifodalaydi. Demak, Xonqiz “Qizbuloq, yuqori buloq” ma’nosidir.

Добавить комментарий