Xopkins (Hopkins) Frederik Goulend
Xopkins (Hopkins) Frederik Goulend (1861.20.6, Istborn 1947.16.5, Kembrij) — ingliz biokimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1905) va Prezidenti (193035), London universitetini tugatgan (1894, falsafa doktori) va 1898 yilgacha shu joyda ishlagan. Kembrij universitetida professor biokimyogar (1914 yildan). Asosiy ilmiy ishlari organizmda azot almashinuvi biokimyosiga oid. A va D vitaminlarini, glutationni kashf etgan. Ishlab turgan muskullarda sut kislotasining to’planishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1929).