Xopyor
Xopyor — Rossiya Federatsiyasidagi daryo, don daryosining chap irmog’i. Penza, Saratov, Voronej va Volgograd viloyatlari hududida. Uzunligi 979 kilometr. Havzasining maydoni 61,1 ming km2. Volga bo’yi qirlari yon bag’ridan boshlanib, o’rqi yerlardan keng vodiy bo’ylab oqadi. Ung qirg’og’i baland (120 metr) va tik, jar ko’p. Chap qirg’og’i qiya va past (10-30 metr). O’rtacha suv sarfi quyilish joyidan 45 kilometrda 150 m3/sek. Noyabr— dekabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Asosan, qor suvlaridan to’yinadi. Novoxopyorsk shahrigacha kema qatnaydi. Xopyor bo’yida Balashov, Novoxopyorsk, Uryupinsk shaharlari joylashgan. Xopyorning quyi oqimi vodiysida Xopyor qo’riqxonasi bor.