Xorazm nomi haqida eshitganmisiz?
Xorazm nomi haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSRning oblasti. Qadimda Xorazm nomi ostida Amudaryoning quyi oqimi tushunilgan. Bu voha O’rta Osiyodagi eng ko’hna o’lkalardan biridir. Xorazm haqidagi dastlabki ma’lumotlarni “Avesto”da uchratamiz. Nom yunonlarda Xorazmiya yoki Uvarezmiya, “Avestoda” Gairizao shaklida uchraydi. Arab avtorlari – Xuvorezm, Xitoy manbalari – Xoli-si-mi-kiya deb tilga oladi. So’zning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ulardan ba’zilarida Xorazm “pasttekislik” (Klippert), “yomon yer” (Shpigel), Hur-zamin, “Quyoshli yer” (Grekov), “Hosildor yer, boquvchi yer” (Ye.Byurnuf) shaklida izohlanadi. Umuman hamma tadqiqotchilar nomning ikkinchi qismi zem, zm ni “yer, zamin” so’zi bilan bog’laydi. S.P.Tolstov Xorazm so’zini Xvari yoki Xurrit etnonimi bilan aloqador deb hisoblab, “Xvarri yeri” shaklida izohlaydi. V.A.Nikonov toponim eroncha xvar “pastki, quyi” so’zi bilan aloqador bo’lishi ham mumkin deydi.



