Xorazm, qadimgi Xorazm

Xorazm, qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oralig’ida joylashgan tarixiy o’lka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan Janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o’lka fanda 2 xil: Qadimgi Xorazm va katta Xorazm nomlari bilan ma’lum. Xorazm haqidagi ilk ma’lumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk o’rta aerlarning Arab geograflari asarlarida uchraydi. «Xorazm» atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qadimgi forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu o’lka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. «Xorazm» atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni SP. Tolstoe «Xorazm» atamasi talqinlari orasida Eroncha «Xurrxurshed» va «zmzem» so’zlari asosida yuzaga kelgan nomning «Quyoshli o’lka», «quyoshli yer» deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb ta’kidlasada, Xorazmni «Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi o’lkasi», «quyosh (xalqi) yeri» deb izohlaydi. Sug’dshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm ayrim-ayrim 3 so’zlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va ZM (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —»yaxshi» «ma’qul», var(vara) — «devor», «marza», «fob», «qal’a», «qo’ra» degan ma’nolarni bildirgan. ZM (zim, zem) esa — «yer», «o’lka», «Diyor», «mamlakat» kabi ma’nolarni anglatgan. Demak, «Xorazm» atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u «yaxshi qo’rali yer», «ajoyib qal’ali o’lka», «mustahkam qal’alari bor Diyor» degan ma’noni anglatgan. Avestoning «Yasht» qismida Xorazm «ming irmoqli Daryo», «ko’llar va o’tloqlarga boy o’lka» sifatida madh etiladi. Qadimgi Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shioliy. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli o’zanlar, shimoliy va shimoli sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning Janub qismida esa, Murgob va tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi tog’va adirliklar va ulardan bosh olgan katta-kichik daryojilg’alar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan. Qadimgi Xorazm mintaqalari hududlarining o’ziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimgi madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli ta’sir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi yashagan bo’lsa, miloddan avvalgi 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor bo’lgan qabilalar istiqomat qilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlari (9-8-asrlar) da sug’orma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan. Bu davrda Tozabog’yop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimgi aholisi massagetlarning bevosita akdodlari bo’lgan. Ko’chmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli ta’sir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. Xorazmning Janub qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murg’ob va Gyoksur) da esa miloddan avvalgi 6— 3-ming yilliklardayoq o’troq sug’orma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xo’jaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi katta-kichik sug’orish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, so’ngra esa ko’chalar bo’ylab guvala va xom g’ishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan o’ralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimgi sug’orma dehqonchilik madaniyatining hududlari Sharq va Jan.Sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem o’lkasi Areyadan Sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan ko’chmanchi chorvador qabilalarning bir qismi Janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib o’rnashgani kuzatiladi. Miletlik Gekatey (miloddan avvalgi 6-asr) ma’lumotlari asosida Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr) axomaniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining Janubi sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shimoliy Xuroson), dranglar va tamanaylar (G’arbiy Afg’oniston)ning hududlari bilan tutashgan keng o’lkada xorazmiylar yashagani to’g’risida ma’lumotlar keltiradi. Gerodotning yozishicha, keyinchalik, o’lka axomaniylarga qaram bo’lib qolgach, tog’daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) o’zani darvozali to’g’on bilan bog’lanib, xorasmiylar (xorazmiylar) ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq to’lagach, shoh to’g’on darvozalarini ochishga buyurgan. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda Xorazm Axomaniylar davlatining 16-satraplik tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi 5-asr oxiri — 4-asr boshlarida esa, u alohida satraplik hisoblangan. Miloddan avvalgi 3 — milodiy 3-asrlarda Xorazm Sirdaryo havzasining o’rta qismida 1. Qal’aliqirdagi saroy xarobasi. Miloddam avvalgi 5—4-asrlar; 2. Ayozqal’a. 1-ming yillik o’rtasi; 3. Tuproqqal’a. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3-asr; 4. Tuproqqal’a. Yog’ochga bitilgan qadimgi xorazmiy yozuvi. 3-asr tashkil topgan Qang’ davlatining tarkibvda bo’lgan. Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan ma’lum bo’lishicha, Xorazmiylarning dastlabki vatani Baqtriyadan Janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan. Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli o’laroq, parfyanlar, marg’iyonaliklar, boxtariylar, Areyaliklar, girkaniyaliklardek sug’orma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning ko’p asrlik binokorlik va hunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy ko’nikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sug’orish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan. Miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush (Siyovaxsh) asos solgan. Miloddan avvalgi 328 yil bahorida O’rta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrig’iylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqal’ada bo’lgan. Keyinchalik (305 yil) esa Kot shahriga ko’chirilgan. Beruniy xorazmshohlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor hukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqal’adan topilgan. Tanga miloddan avvalgi 1-asrga mansub. Numizmatik ma’lumotlardan ayon bo’lishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy 8-asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati O’rta Osiyoda tashkil topgan o’ziga xos eng qadimgi davlatlardan biri bo’lib, unda o’troq ziroatkor va ko’chmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xo’jaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi. Demak, Xorazm aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shimoliy va Janub qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. So’ngra esa ularning qorishuvi oqibatida Xorazmning o’ziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan. Qadimgi Xorazm madaniyati. Qadimdan G’arbiy Osiyo, xususan, shimoliy Sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador bo’lgan Xorazmning qadimgi Mushtarak madaniyatining ko’pgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uyjoylarining tuzilish tartiblari, ro’zg’or-buyumlari, Zebi-ziynatlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, Xorazmning Janub qismi qadimgi obidalarida (miloddan avvalgi 6—3-ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida o’choq, supa, g’alla uchun o’ra (to’la) bo’lgan. Chaqmoqtosh qurollari qirg’ich, o’roq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, ba’zilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chig’anoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi. Miloddan avvalgi 4—2-ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom g’ishtli ko’p xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan o’ralib, otashgoh, hovlilar, tor ko’chalar va markazida maydon paydo bo’lgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qo’lda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jim-jimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. So’ngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo bo’lgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqalar] qad ko’tarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan. Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avvalgi 4—3-ming yillik), asosan, ovchi va Baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chig’anoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqlardan iborat. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda garchi sug’orma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo bo’lib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan bo’lsada, turar joylar yarim yer to’labostirma shaklida bo’lgan. Taqinchoqlari (uzuk, bilaguzuk, isirg’alar) jez yoki mis kabi ma’dan bo’lsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda Xorazmning shimoliy qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom g’ishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi. Xorazmiylarning Janubdan shimolga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adog’i (deltasi) o’zlashtirilib, o’lkada bir nechta monumental binolar (Ko’zaliqir va Qal’aliqir kabi) qad ko’taradi. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sug’orish kanallari (60-70 kilometr, eni 30— 40 metrli sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qo’rg’onqal’alar (Jonbos qal’a, Bozorqal’a, Qo’yqirilgan qal’a) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda san’at rivoj topib, poytaxt (Tuproqqal’a) barpo etiladi. Xorazm qal’a va shaharlari to’g’ri to’rtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan o’ralib, tashqarisidan keng (10-15 metr) va chuqur xandaq qazilgan. Qal’a va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza og’zi esa, G’ulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Masalan, to’rtburchakli qal’alar (Jonbos qal’a, Bozorqal’a) devorlari bo’ylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan o’q uzish uchun mo’ljallangan bo’lsa, doira shakldagi qal’a (Qo’yqirilgan qal’a)dan qamal vaqtida shinaklardan bir yo’la 360 daraja yo’nalishda o’q uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira bo’ylab markazdan o’qqa tutish deb yuritiladi. Xorazmda shaharsozlik san’ati, ayniqsa, monumental me’morlik miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalaridan to milodiy 8-asr boshlarigacha o’tgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qal’alar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqal’a, Kot) o’lka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad ko’targan. Tuproqqal’ada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), Markaziy ko’chalar bo’ylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor o’rin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va to’qimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqal’a xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy san’at asarlarining ayrim bo’laklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qo’lida anor tutgan ma’buda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yog’och va charmga qadimgi Xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar o’lka aholisi ma’naviyatini asosi bo’lgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi. Ilk o’rta (4-8-asrlarda) me’morlik yanada rivoj topib, qal’a, qasr va ko’shklar (Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosgan qal’a va boshqa) kvadrat yoki to’rtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon Burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qal’a va ko’shklar orasida me’moriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqal’a va yakka Porson diqqatga sazovordir. Xorazmda badiiy san’at ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirg’a va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar to’qilgan. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda ro’y bergan yuksalish milodiy 3-asr oxiri va 4-asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qal’alar 5— 6-asrlarda yana jonlangan (kavat qal’a, guldursun qal’a, Kot va boshqalar), 10-asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahri.ning ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad ko’targan. Binokorlikda paxsa, xom g’isht bilan bir qatorda pishiq g’ishtdan foydalana boshlangan (ko’hna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ArRoziyning maqbarasi va boshqalar shular jumlasidandir). Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Tolstov S. P ., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Masson V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M., 1964; Istoriya Xo- rezma, T., 1976. Abdulahad Muhammadjonov.