Xorazm viloyati
Xorazm viloyati — O’zbekiston Respublikam tarkibidagi viloyat. 1925 yil Fevraldan 1938 yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938 yil 15 yanv.arda tashkil etilgan. Respublikaning shimoli g’arbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimol va shimoli sharqdan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Janub va Janubi g’arbdan Turkmaniston, Janubi sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 6,1 ming km2. Aholisi 1412,7 ming kishi (2004). Tarkibida 10 qishloq tumani (Bog’ot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qo’shko’pir, Hazorasp), 3 shahar (Urganch, Xiva, Pitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qo’shko’pir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi — Urganch shahri. Tabiati. Viloyat cho’l zonasida, Xorazm vohasining g’arbiy qismida, o’rtacha 100 metr balandlikda joylashgan. Relefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qadimgi deltasining bir qismi bo’lib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum cho’liga tutashgan g’arbiy va Janubiy g’arbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi mo’tadil sovuq, qor kam yog’adi, yanvarning o’rtacha temperaturasi -5°, eng past temperatura -32°. Yozi issiq, quruq, iyulning o’rtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 45°. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yiliga 78-79 mm yog’in tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yog’adi. Shimoliy va shimoliy Sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy bo’ylab oqadi, qirg’oqlari past, shu sababli toshqin bo’lib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yordamida ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Viloyat Janubda mayda sho’r ko’l, botqoqlik va sho’rxok ko’p. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida o’tloqi, o’tloqibotqoq tuproqlar, g’arbida qumliklar uchraydi. Sug’oriladigan yerlarda, asosan, bo’z tuproq bo’lib, kuchli sho’rlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qayirlaridagi to’qayzorlarda terak, tol, jiyda, yulg’un, kandir, qumliklarda saksovul va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, to’qayzorlarda to’qay mushugi, chiyabo’ri; qushlardan to’rg’ay, o’rdaklar, kulrang g’oz, oqqush, birqozon, Baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zarg’addoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan. Aholisi, asosan, o’zbeklar (96,3%), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004). O’tmishda Xorazmda yashovchi o’zbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar bo’lib, ular Abulg’oziy Bahodirxon (1643-64) tomonidan 4 guruh (to’p)ga bo’lingan. Har bir guruhga 2 qabila (1-guruhga uyg’ur va Nayman, 2-siga Qo’ng’irot va Qiyot, 3-siga nukuz va Mang’it, 4-siga qang’li va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (Jaloyir, kenagas, Do’rmon, yuz, ming, Shix, katagon) va ayrim etnik guruhlar (alieli, Xo’jaeli va. sayidlar) mavjud bo’lgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sug’oriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urug’larga taqsimlab berilgan va ular asta-sekin o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Qolgan guruhlar Xorazmda juda kam bo’lib (bular qo’ng’irotlar va boshqa) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mang’itlar Gurlan tumani va Shovot tumani (Anbarmanaq)da, Qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qo’shko’pir tumanlari, do’rmonlar Urganch va Shovot (Anbarmanaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bog’ot tumanlarida joylashgan. Xo’jaligi. Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi bilan birga sanoat ham salmoqli o’rinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi. Sanoati. Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda to’qimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fabrikasi, «Xiva gilami» aktsiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat ko’rsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004). Viloyatda 36 qo’shma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. O’zbekiston — Turkiya «Bagat Tekstil», «Xorazm—Nurtop», «Semurg’SanTe», «Xorazm Tekstil», «Memgilam»; O’zbekiston — AQSh «Amerozindu- stries», «Xiva malikasi», «Nurlayt», «Rahnamo Nur»; O’zbekiston — Germaniya «Unixo», «O’zOlmonXotelz», «Xiva Karpet»; O’zbekiston— Britaniya «Xiva»; O’zbekiston—Rossiya «Namunaagrofud»; O’zbekiston — Italiya «meva»; O’zbekiston—Ukraina «Kiyev-Xorazm»; O’zbekiston — Xitoy «Aziya Tekstil LTD»; Uzbekistan— Turkmaniston «G’ayratXumoyun» va boshqalar shular jumlasidandir. Qishloq xo’jaligi asosini paxtachilik va g’allachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijara va xususiy fermer, dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko’rsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming gektar, shundan 129,4 ming gektar qishloq xo’jalik shirkatlari (69 ming gektar yer xususiy fermerlar, 33,7 ming gektar yer dehqon xo’jaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4% haydaladi, 18,2% yaylov, o’tloq, 1,3% bog’va tokzor; o’rmon va changalzorlar 9,6% ni, tutzorlar 0,9%ni tashkil etadi. 1991-2003 yillarda kanal va ariqlar rekonstruktsiya qilinib, suv yo’llarining umumiy uzunligi ko’paydi. Xorazm viloyatidagi sho’r suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bug’doy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish bo’yicha 1-o’rinda turadi. Viloyat jamoa va xususiy xo’jaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qo’y va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xo’jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fabrikalari faoliyat ko’rsatadi. Xorazm viloyatida paxtachilik ilmiy tadqiqot stantsiyasining paxtachilik-bedachilik zonal kompleks tajriba stansiyasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stantsiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar ko’chatzori, o’rmon ko’chatzori (Urganch tumanida) va boshqalar bor. 1996-2004 yillarda I. Bobojonov, M. Quvoqov, B. Jumaniyozov, V. B. Pak, A. Mahmudova «O’zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo’ldilar. Transporti. Xorazm viloyati orqali Toshkent— Moskva, Dushanba—Moskva temir yo’l o’tgan, Urganch — Toshkent yo’nalishida poezdlar qatnaydi. Temir yo’l uzunligi 128 kilometr (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yo’l ko’prigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent temir yo’l masofasi qisqardi. Ko’prik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil o’tkazish imkoniyatiga ega. Ko’prik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yo’llarining uzunligi 2750 kilometr (2004). Xiva— Urganch yo’nalishida trolleybus qatnovi (1997 yildan) yo’lga qo’yilgan. Urganch, Xiva shaharlaridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch shahri xalqaro va mahalliy yo’nalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Myunxen, Telaviv, Moskva, Simferopol va boshqalar) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi o’rnatilgan. Viloyat orqali O’rta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston —Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari o’tkazilgan. Madaniy maorif, sog’liqni saqlash va sport. 2003/04 o’quv yilida 537 umumiy ta’lim maktabi (shu jumladan, 47 ixtisoslashgan maktab, gimnaziya, Internat maktabi) bo’lib, 335,4 mingga yaqin o’quvchi ta’lim oldi. 1997 yilda Xorazm tasviriy va amaliy san’ati litseyi ochildi. Viloyatdagi 57 kasb-hunar kolleji va o’rta maxsus bilim yurtlarida 34 mingdan ziyod talaba o’qiydi (2004). O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat pedagogika instituti (1935 — 1992) alXorazmiy nomidagi Urganch universitetitiga aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot institutning Urganch filialida 7460 talaba ta’lim oladi (2004). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya regional bo’limi, paxtachilik, Qoraqum ilmiy tadqiqot stantsiyalari faoliyat ko’rsatadi. Xorazm viloyatida Xiva davlat «Ichan tsal’a» tarixiy-me’morlik muzeyqo’riqxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 million asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bog’i, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bog’majmualari, «Orazibon», «Avazxon», «Doston» folklor-etnofafik xalq dastalari, «muborak, «yulduz», «Navbahor», «Xiva naqshlari» ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, ko’plab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qo’g’irchoq teatri (Xiva sh.ahrida) ishlab turibdi. Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qadimdan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim o’rin egallagan. Qadimgi Xorazm hududidagi Qo’yqirilganqal’a, Tuproqqal’a, Qirqqizqal’a kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, Arfaga o’xshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nog’oraga o’xshash) cholg’u sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa san’atining ildizlari juda qadimgi ekanligidan dalolat beradi. 8-asr boshidagi arablar istilosi oqibatida Qadimgi Xorazm madaniyati va san’ati xarobalikka yuz tutib, Islom madaniyatining yangi an’analari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-asr) va boshqa olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bag’ishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy bo’lagi va uni inson ruhiyatiga ta’siri ta’riflanadi. «Mafotix ululum» asarida o’sha davrdagi mavjud cholg’ular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, arg’anun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. O’sha davrda Gurganjda cholg’u asboblar yasovchi ustalar mahallasi bo’lgan. Muhammad Xorazmshoh davrida (1200-21) mashhur sozanda ustod Mahmud, Yusufbek Dutoriy kabi sozandalar yodda tanilgan. 14-asrda yashagan «Muhabbatnoma» dostonining muallifi Xorazmiy, Abdurahim Hofiz Xorazmiy, ayniqsa, Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonida va boshqa klassik shoirlarning g’azallarida o’sha davr maqomlari, sozandalari va cholg’ulari yuksak did bilan ta’riflanadi. Shuningdek, san’atkorlar homiysi Sulton Vayis (Uvays), baxshilar piri oshiq oydinlar ham shu davrda yashaganlar. Muhammad Rahimxon (1806-25) davriga kelib Niyozjonxo’ja va uning shogirdlari Mahdumjon qozi, Muhammadjon Sandiqchi, Abdusattor maxram, uning shogirdi Xudoybergan kosib va boshqa tanbur maqomlarini rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Komil Xorazmiy Xorazm maqomlarini o’zi ixtiro qilgan «tanbur chizig’i» asosida qog’ozga tushirishni boshlab bergan yetuk musiqashunoslardan hisoblanadi. 1883 yilda dastlab Xorazm maqomlari tarkibidagi «rost» maqomi, keyin, bu ishni davom qildirib o’g’li Muhammad Rasul Mirzo Xorazm maqomlaridan Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Rostlarni qog’ozga tushirgan. Bu davrda Otash baxshi, Nurjon baxshi va, ayniqsa, Eshvoy Baxshi hamda uning shogirdi Muhammadniyoz Gurji kabi baxshilar nom qozonganlar. Nomlari noma’lum bo’lgan ustoz sozandalar va baxshilar tomonidan Xorazm dutor yo’llari jamlanib 11 ta dutor maqomi shakllangan. Mashhur sozanda va nafis ta’b egasi Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) xonlik davri (1864— 1910) ga kelib Xorazmda musika san’ati yanada rivoj topdi. Feruz saroyida 40 dan ortiq shoir, 20 ga yaqin maqomchi sozandalarni to’plab mushoira va maqom kechalarini o’tkazib turardi. Saroy maqomchilari orasida Paxlavon Niyoz Mirzaboshi Komil, Muhammad Yoqub Devon Xarrot, Yoqub fozachi, Qalandar Do’nmas va boshqa maqomlarning cholg’u va aytim qismlarini boyitganlar. Feruzning o’zi ham maqom cholg’u qismlariga 14 ga yaqin kuy bastalagan. Bu davrda 40 dan ortiq baxshi, 32 sozanda qo’shlari (sozandalarning jamlangan dastasi) faoliyat ko’rsatgan. Ular sayil va bayramlarda xonning ko’rigidan o’tar va elyurtning tomoshasini o’tkazishga fatvo olar edilar. Baxshilar ichida mashhurlari: Rizo Baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi; sozanda qo’shlaridan elga tanilgan namoyandalardan Shomurod surnaychi va boshqalar bo’lgan. 1910 yil Xiva xonligi taxtiga Asfandiyorxon o’tirganidan keyin saroy shoir va sozandalari tarqab ketdi. Xorazmda sho’rolar hokimiyati o’rnatilgach, maqom va musiqa rivoji biroz to’xtadi. 1923 yilda Xiva shahrida musiqa maktabi tashkil qilinib, skripka, klarnet, tanbur kabi cholg’u asboblarda ijro etish bo’yicha sinflar ochildi. 1925 yilda Moskva shahrida Mulla Bekjon Rahmon o’g’li va Muhammad Yusuf Devonzodalarning «Xorazm musikiy tarixchasi» kitobi chop etildi. Bu davrda sozandalardan Safo Ollaberganov (Mug’anniy), Qurbon sozchi Ismoilov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Qurbonnazar Abdullaev (bola baxshi), Matyusuf Xarratov (Chokar), Otajon Abdullayev, Hojixon Boltayev; ayol xalfalardan Onajon Sobirova (Anash Maxram), Onabibi qori Otajonova (ojiza) va boshqalar mashhur bo’lishgan. Ularning izdoshlari va shogirdlari ichida xonandalardan Komiljon Otaniyozov, Vahobjon Fayozov, Kommuna Ismoilova, Sultonposhsha Rahimova, Matyoqub Rahimov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekchonov, Olmaxon Hayitova, Ro’zmat Jumaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov; sozandalardan Dutorchi N. Boltayev, qo’shnaychi Q. Bobojonov, torchi H. Bobojonov, g’ijjakchi O. Hasanov; bastakorlar R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, Sh. Solaev, A. Otajonov, M. Yusupov, S. Hayitboev, U. Musaev, R. Abdullaev, Q. Polvonov, M. Otajonov, R. Bekchonov, Sh. Fayzullaev, Q. Raximov; musiqashunos O. Matyoqubov va boshqalar ma’lum. 1958-60 yillar orasida M. Yusupov tomonidan to’plab notaga olingan «O’zbek xalq musiqasi» (6,7 va 9 jildlar) chop etildi. 1980-87 yillarda Xorazm maqomlarining yangi to’ldirilgan variantlari nashrdan chiqdi. Xorazm viloyatida 16 ta bolalar musiqa maktabi (shulardan 3 tasi san’at maktabi), musiqa bilim yurti, filarmoniya, viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansambli faoliyat ko’rsatadi. Xorazm viloyatidan Devonai hisobiy, Niyozjonxo’ja, Niyoziy, Xudoybergan muhrkan, Komil Xorazmiy, Matyoqub Xarratov, M. Xudoyberganov, Safo Mug’anniy, X. Devonov kabi yirik san’atkorlar; bola Baxshi, Q. Iskandarov, R. Jumaniyozov, F. Davletov singari O’zbekiston xalq dostonchi va hofizlari; Matyusuf Xarratov, M. Yusupov, R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, L. Abdullaeva, I. Niyozmatov, R. Abdullaev, O. Matyoqubov, S. Davletov, U. Musaev, O. Ollaberganov, Q. Rahimov kabi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arboblari va kompozitorlar; Sheroziy (Yokubov), K. Otaniyozov, H. Boltaev, K. Raximov, M. Raximov, B. Rahimova, S. Devonov, S. Rahimova, G. Yoqubova, M. Ixtiyorova, O. Hayitova, G. Matyoqubova, M. Bobojonov, o. Otajonov, G. Raximova singari O’zbekiston xalq artistlari; Norbek baxshi, Qalandar baxshi kabi O’zbekiston xalq baxshilari etishib chiqqanlar. Xorazm viloyatida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik, ayniqsa, Xiva, Hazorasp va Xonqa shaharlarida qadimdan taraqqiy etgan. Yog’och o’ymakorligi, zargarlik, kandakorlik, gilamchilik, kulolchilik va boshqalar rivojlangan. Xiva gilamchilik fabrikasi, «Xiva sopoli» aktsiyadorlik jamiyati va boshqalar ishlab turibdi. O’zbekiston xalq rassomi A. Boltaev, xalq naqqoshlari va yog’och o’ymakor ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bog’bekov, mashhur kulol, koshinkor usta R. Matchonov va boshqalarning nomlari mashhur. Sog’liqni saqlash. Viloyatda 6269 o’rinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har 10 ming kishiga 27,1 vrach), 13337 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan, viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat bo’limi va barcha tuman Markaziy kasalxonalari qoshida uning bo’linmalari tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Xorazm viloyatida 4010 o’rinli 20 sanatoriy faoliyat ko’rsatadi. 2004 yilgacha o’z kasbi bo’yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun 50 ga yaqin mutaxassisga litsenziya berildi. Sport. Xorazm viloyati sportchilari sportning ko’plab turlari bo’yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, futbol, qo’l to’pi, voleybol, tennis, boks va boshqalar). «Umid nihollari — 2003» sport musobaqalari o’tkazilishi munosabati bilan shaxar va tumanlarda 17 ta yirik sport inshootlari, «Olimpiya zaxiralari» kolleji, 10— 15 ming kishilik stadion foydalanishga topshirildi. Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis korti, Otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, qo’l to’pi, futbol maydonlari bor. 389 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi. Turli miqyosdagi respublika va xalqaro sport musobaqalarida viloyatning 9 sportchisi oltin, 8 tasi kumush medallarga sazovor bo’lishdi. Xorazmda «Umid nihollari—2003» tadbiri katta bayram sifatida nishonlandi. «Umid nihollari», «Prezident kubogi uchun», Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan Respublika va xalqaro sport bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jahon chempioni unvonlarini oldilar. Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalqaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport ustasi, 300 dan ziyod sport ustaligiga nomzod, shuningdek, ko’plab 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 30 dan ortiq sportchisi O’zbekistonning turli milliy terma jamoalari a’zolaridir. Adabiyoti. Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yo’qotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda o’zlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-asrga kelib qadimgi Xorazmiy tilinkng batamom yo’qotilishi bilan 8-asrdan toki 12-13- asrlargacha fors hamda Arab va 12-asrlardan boshlab turkiy-o’zbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning «Yatimat addaxr Fi maxosin axlal asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi») tazkirasida 10— 11-asrlarda Xorazmda yashab, Arab tilida ijod etgan etuk arabnavislar haqida keng ma’lumot beriladi. Qariyb 5 asr davomida (8-12-asrlar) Arab tilida ijod qilgan ko’pgina Xorazm shoirlari o’z faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-asr boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Ma’mun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qo’shgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qildilar. Asli balxlik bo’lib, Xorazmda turg’un yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega bo’lgan Rashididdin Vatvot («Sa’dalmulk» Faxriy unvonini olgan) fors va Arab tillarida ijod qilib she’riyatda murassa’, tarse’, tajnis va boshqa usullarni qo’llashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoir- lardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirg’oniy 12-asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda Arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani o’sha davr adabiy muhitining naqadar ko’p qirraligini ko’rsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan bo’lsada, to’xtab qolmadi. Kubro- viylik tariqatining asoschisi, «shay- XI Valitarosh» («avliyolar etishtiruv- chi Shayx») nomi bilan butun Sharqqa mashhur bo’lgan shoir Najmiddin ku- bro, «Muhabbatnoma» muallifi Xoraz- miy (14-a.), Nasriddin Burxoniddin Rabg’uziy (13-a. oxiri —14-a. boshla- ri), Pahlavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi saroyi (14-a.sr) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabg’uziyning «qissasi Rabg’uziy» asari o’zbek nasrining mukammal namunasi bo’lishi bilan e’tiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilm-fani jahon ma’rifati taraqqiyotiga ta’siri e’tirofga loyiq. Az-Zamaxshariy Arab dunyosini kezib ilm tarqatgan bo’lsa, 1414 yilda Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan g’azallari bilan shuhrat topgan. Alisher Navoiy «Majolis unnafois» asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn xorazmiylarni katta hurmat bilan ta’riflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari etishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725-1805), Roqim (1742-1825), Nasimiyning g’azallarini o’zbek tiliga ag’dargan mashhur shoir Andalib (1710-70), Vosifiyning «Badoe’ ulvaqoe'» asarini forsiydan tarjima qilgan, o’zbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxo’ja (18-asr), Navoiyning «Xamsa»sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar boqiy (18-asr), o’z zamonasining ulug’ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825— 99), Bayoniy va boshqalardir. Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrug’i bilan shoir Tabibiy «Majmuai 30 shuaro payravi Feruz» tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 g’azaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan «Tazkirai shuaro»da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod qilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar bitilgan. Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq an’anaviy dostonlari baxshilar orqali og’izdanog’izga o’tib sayqallangan. «Avazxon», «Bozirgon», «Sayyodxon va Hamro», «Qorako’z oyim», «Gulruh pari», «Shobaxrom», «Zavriyo», «Oshiq g’arib va Shohsanam», «Yusup Ahmad» kabi dostonlar Xorazm xalq og’zaki ijodining Nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa o’zbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda Doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-asrning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur bo’lgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan «Eshvoy nag’masi» kuyi tarqalgan. 19-asrda Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, G’aribniyoz baxshilar, bobo baxshi, Jumanazar Baxshi bobo baxshi o’g’li, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va boshqalar shuhrat qozongan. 20-a.sr boshlarida Xo’jayoz baxshi atoqli baxshi hisoblangan. U «oshiq g’arib va Shohsanam», «Sayyodxon va Hamro», «bozirgon», «Alpomish» va «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda bola baxshi, Matnazar Jabbor o’g’li, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyoqub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qo’shdilar. Xorazmdagi xalq og’zaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rang-barang xalq qo’shiqlari, mumtoz shoirlarning ashulabop g’azallari asosiy o’rin olgan. 19— 20-asrning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoeva, Sharifa no’g’ay Otasheva, o’g’il No’g’ay Quryozova, yoqut xalfa Seytniyazova va boshqalarning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik san’ati an’analari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda. 20-asrda Xorazm adabiyotshunosligida Mug’anniy, Suxanvar, Umar Qurboniy, Qalandar Qurboniy, M. Abdullaev, Egam Rahim, Ahmad Bobojon, Ayyomiy, Rahim Bekniyoz, Do’stjon Matjon va boshqalarning nazm va nasriy asarlarida ma’rifatparvarlik g’oyalari o’z aksini topgan. Omon Matjon, Bahrom Ro’zimuhammadning falsafiy she’riyati, Erkin Samandarning «daryosini yo’qotgan qirg’oq», «Tangri qudug’i», Komil Avazning «qo’nalg’a» romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va g’azallarining o’zbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Professorlardan O. Madrahimov, S. Ro’zimboev, Z. Do’simov, J. Yusupov, Arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va boshqa adabiyotshunoslikka doir asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Qobulovning 2 jildli «Xorazm adabiy muhiti» asari, S. Ro’zimboyevning «Go’ro’g’li» kitobi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Xorazm viloyatida O’zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va boshqalar) viloyat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Matbuot, radioeshittirishi va televideniesi. Xorazm viloyatida 2 viloyat gazeta («Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya Pravda», 2 ta gazeta adadi 5500), 10 tuman gazeta, 3 jurnal («Ilm sarchashmalari», «Diydor», «Xiva Sharq gavhari», adadi 2000) nashr etiladi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gazetalari chop qilinadi. Jami 27 nomdagi gazeta va jurnallar chiqariladi. Xorazm (Xiva)da Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan 1874 yilda Turkistonda ilk bor toshbosma ochilgan. Toshbosmada ilk matbaachilik faoliyatini birinchi o’zbek matbaachisi Otajon Abdalov boshlagan. Ushbu toshbosma faoliyati keyinroq, 1920 yildan «inqilob quyoshi» gazeta, 1939 yildan «Xorazm haqiqati», 1941 yildan «Xorezmskaya Pravda» gazetalarining tashkil qilinishiga zamin yaratgan. Xorazm viloyatida 1874-1924 yillarda faoliyat ko’rsatgan matbaachilik an’analari 1991 yilda qayta tiklandi. «Xorazm» nashriyoti ishga tushirilib, darsliklar, kitoblar nashr etish yo’lga qo’yildi. «Xorazm tarixi» (1995), «Hazorasp tarixi», «Xonqa tarixi» (1995-98), «Avestoning yaratilishi» (2001), «Ma’mun akademiyasi» (to’plam, 2003) kabi kitoblar chop etildi. Xorazm viloyatida birinchi radioeshittirishlar 1936 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Teleko’rsatuvlar 1961 yildan olib boriladi. Mahalliy ko’rsatuvlar, 1979 yildan rangli tasvirda (o’zbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi. Me’moriy yodgorliklari. Xorazm viloyatidagi tarixiy va me’moriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 me’moriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental san’at va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Me’moriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qal’a qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10-18-asrlar), Pahlavon Mahmud me’moriy majmuasi (14-asr, 19-20-asr boshlari), Sayid Aloviddin (14-18-asrlar), uch Avliyo (1549, 1821) maqbaralari, Toshhovli (19- asr), Ko’hna Ark (17-19-asrlar) saroylari, Muhammad Aminxon madrasa va minorasi va boshqa mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini o’ziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qo’shko’pir, Bog’ot va boshqa tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi chodra hovli (18-19-a.lar), Shohimardon me’moriy majmuasi (19-asr), Qubla Tozabog’ saroyi (1893-1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16-18-asrlar), Shayx Kosim eshon maqbaralari (18-19-asrlar), qadimgi Hazorasp qal’asi (miloddan avvalgi 6-5-asrlar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo maqbarasi (16-19-asrlar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14-asr) me’moriy majmuasi; Qo’shko’pir tumanidagi Imoratbobo me’moriy majmuasi (16-19-asrlar) va boshqalarni aytish mumkin. Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva shaharlariga yo’dtsosh Navro’z, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va me’moriy yodgorliklarni asrash, ta’mirlash ishlariga O’zbekiston hukumati tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003 yil 22 avgustda Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan. Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Vinogradov A. V., Neoliticheskie pamyatniki Xorezma, M., 1968; Srednyaya Aziya v drevnosti i srednevekove, M., 1977; Trudi Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspeditsii, t. 1-10, M., 1952-77; Xorazm tarixi, 1995, Urganch; Qilichev T., Xorazm xalq teatri, T.; Sadokov R. L., Muzikal- Naya kultura drevnego Xorezma, M., 1970; Sadokov R. L ., Tisyacha oskolkov Zolotogo Saza, M., 1971. Komil Nurjonov, Botir Matyoqubov, Komil Avazov.