XOTIN-QIZLAR HARAKATI
XOTIN-QIZLAR HARAKATI — hozirgi dunyodagi demokratik harakatlarning turli yo’nalishlari orasida xotin — qizlar harakati alohida ko’zga tashlanadi. Sababi, xotin — qizlar insoniyatning yarmidan ko’pini tashkil etadi, moddiy va ma‘naviy boyliklarning taxminan 1,3 qismini ishlab chiqaradilar. Insoniyatning ana shu qismining manfaatlarini xotin — qizlar harakati ifoda etadi va himoya qiladi. Xotin — qizlar harakatining maqsadi xotin — qizlarning erkaklar bilan tengligiga amalda erishishdir. Bu oliyjanob maqsadga erishish yulida turli xalqaro tashkilotlar raxnamoligida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. 1976-yildan 1985-yilgacha bo’lgan davr BMT tomonidan ―Tenglik, taraqqiyot, tinchlik shiori ostida ―Xotin — qizlar o’n yilligi deb e‘lon qilingan. Bu dunyoning turli mintaqalarida yashovchi aholi tomonidan ma‘qullandi va tan olindi. O’zbekistonda ayollarning ―To’maris» ijtimoiy harakati, ―Tadbirkor ayol nodavlat uyushmasi faoliyat ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda ―kulrang panteralar harakati mavjud bo’lib, ular shuning uchun ham o’zlarini ―kulrang, deb ataydilarki, ular davlat siyosatiga aralashmaydilar. Belgiyada ayollarning ―keksalar partiyasi faoliyat ko’rsatib keladi.