Xotira qurilmasi

Xotira qurilmasi — elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd qilish, saqlash va operator izlaganda «qaytarib berish» uchun mo’ljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini o’zgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni to’plash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, o’ta o’tkazuvchanlik hodisasini qo’llash va boshqa amallar bajariladi. Xotira qurilmasi, asosan, o’ta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan iborat bo’ladi. Axborotlarni izlash usuliga ko’ra, adresli (har bir xotira uyasiga zarur raqam qo’yiladi va axborot aniq bir adres bo’yicha izlanadi) hamda assotsiativ (axborotlar alomatlar yig’indisi bo’yicha izlanadi) Xotira qurilmasi farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar o’chmaydigan (diod matrisalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va o’chadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit o’zaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish ko’rsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit) da o’lchanadigan sig’im, ya’ni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin bo’lgan belgilar soni. Inson miyasi eng mukammal Xotira qurilmasi hisoblanadi. Unda (10-15)109 ga yaqin asab hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud bo’lib, ularning har biri xotira hujayrasi (uyasi)ni tashkil qiladi. Kompyuterning «miyasi» — mikroprosessor ma’lumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd qiladi. Kompyuter diskdan ma’lumotlarni «o’qib», maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus qism operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sig’imiga bog’liq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik bo’lsa, u faqat MS DOS ot muhitida, agar 4 Mbayt bo’lsa, MS DOS Ot, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta bo’lsa, lokal tarmoqlar (Internet, elektron pochta — Email) da ishlashi mumkin. Ko’pchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qo’shimcha keshxotira o’rnatiladi. Ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar ana shu xotiraga qayd qilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish dasturlari, operasion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatish vazifa- larini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sig’imi inson miyasi sig’imiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq bo’lindi. Ad..Xolmatov T.X. va b., Informatika, T., 2003.