Xrizomanadasimonlar
Xrizomanadasimonlar (Chrysomanadales) — tilla rang suvo’tlar qabilasi yoki sinfi. Mayda harakatchan (1-2 xivchinli) bir hujayrali yoki kolonial organizmlar. Ba’zi Xrizomanadasimonlarning tanasi qobiqsiz, shaklini o’zgartirib turadi, ba’zilari kipiqsimon qobiq bilan qoplangan. 70 turkumi (500 turi) ma’lum. Ko’pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Xrizomanadasimonlarning ko’payib ketishi suvning gullashiga olib keladi. Xrizomanadasimonlarning ba’zi turlari suvning ifloslanish darajasini aniqlash imkonini beradi.