Xudoybergan hoji

Xudoybergan hoji (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) — xivalik g’ishtkor, toshtarosh usta. Madrasalar qurishga ixtisoslashgan. Qalandar Ko’chum bilan hamkorlikda ishlagan. Ko’proq minora, guldasta, gumbaz kabi murakkab ishlarni bajargan; Islomxo’ja madrasasi va minorasi, qozi Kalon (Salim Oxun) (1905), Abdurasulboy (1906) madrasalari, Matpanoboy madrasasi, Tolib Maxsum madrasasi va boshqalar qurilishida ustaning ish uslubiga ijodiy erkinlik, ish jarayonida loyihani osongina o’zgartira olish xos bo’lib, an’anaviy me’morlikda g’isht terish, tsement qorishma ishlatish, to’l bilan yopishni qo’llagan.