XUM

XUM — og’zi keng yirik sopol idish; suv, oziq-ovqat mahsulotlari sakdashda ishlatiladi. Balandligi 1,5 metrgacha bo’ladi. Loydan yasalib, Xumning belidan yuqori qismi chizma usulida handasiy naqshlar bilan bezatiladi, so’ng xumdonda pishiriladi. Asosan, idishning ichi sirlanadi, ba’zan tashqarisi ham beligacha sirlanishi mumkin. Ko’tarishga qulay bo’lishi uchun 2 (ba’zan 4) ta dasta ishlanadi. O’rta Osiyo hududida qadim (miloddan avvalgi 1-mingyillik 1-yarmi)dan keng foydalanilgan.