Xumbosh baliqlar

Xumbosh baliqlar (Hypophalmichthynae) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari kenja oilasi. Uzunligi 1 metrgacha, vazni 20— 35 kilogramm. Jabra pardalari ba’zan o’zaro qo’shilib o’sib, to’r hosil qiladi. Peshonasi nisbatan baland (nomi shundan). 2 turi ma’lum. Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo daryolarida yashaydi. 5-7 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yozda suv toshganida 490-560 ming uvildiriq tashlaydi. Yosh baliqlar dastlab zooplankton, keyinroq fitoplankton bilan (oq Xumbosh baliqlar) yoki aralash oziqlanishga o’tadi (chinor Xumbosh baliqlar) Xumbosh baliqlar ko’pchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan. Amur, ya’ni oq Xumbosh baliqlar O’zbekiston suv havzalarida ham iqlimlashtirilgan. Xumbosh baliqlar ov ob’yekti, hovuzlarda ham boqiladi.