Xushholxon xattak

Xushholxon xattak, Xushholxon (1613.18.6 — Akora -1691) — afg’on shoiri, mutafakkiri. Afg’onlarning Xattak qabilasi boshlig’i, Boburiylar saltanatiga qaram Akora viloyatining hokimi (1641 yildan). U afg’on qabilalarini birlashishga da’vat etgan, xalqning milliy ozodlik harakatiga boshchilik qilgan, yurtdoshlarini o’z mustaqil milliy davlatlarini tuzishga chaqirgan, ta’sirchan she’riyati bilan xalqni kurashga ruhlantirgan. Milliy afg’on tili — pushtu (pashtu) da fors-tojik mumtoz adabiyoti an’analarini mujassamlashtiruvchi go’zal she’riyat yaratgan. Asarlarida birodarlik, do’stlik, ishqmuhabbat, mustaqillik, odobaxloqni kuylagan. Xushholxon xattak yaratgan adabiy maktab afg’on adabiyotining keying taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. 40 ming bayt she’rni o’z ichiga olgan «Kulliyot» devoni Xushholxon xattakning asosiy adabiy merosini tashkil etadi. Xushholxon xattak bundan tashqari, tarix, geografiya, tibbiyot, harbiy san’at, siyosat va boshqa sohalarga oid asarlar ham yaratgan. Masnaviy shaklida yozilgan «Fazlnoma» dostoni diniy masalalarga, «Faraxnoma» dostoni kilich va qalam munozarasiga bag’ishlangan. «Firoqnoma» to’plami shoirning mahbuslik davrida yozgan masnaviy va g’azallarini o’z ichiga oladi. «Dastornoma» siyosat, mazhab, axloq, harbiy san’at singari turli mavzularni qamragan nasriy asardir. «Sihat ulbadan» — tibbiyot, «Boznoma» asari esa ov to’g’risida hikoya qiladi. Xushholxon xattak «Hidoya» asarini Arab tilidan, Anvar Suhayliyning «A’yori Donish» ini fors tilidan pushtu tiliga tarji- ma qilgan. «Kulliyot»i Kobul, Peshovar, Dehli, Kalkutta va London kutubxonalarida saqlanadi. Ad.: G’aniev A., Abaeva T., Afg’on klassik shoiri Xushholxon Xagtak, T., 1967.