XUSUSIYLASHTIRISH

XUSUSIYLASHTIRISH — davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish. Xususiylashtirish davlat mulki monopoliyasini tugatish, erkin sohibkorlik tashabbusiga yo’l ochish, bozor iqtisodiyotini rag’batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish orqali davlat mulki fuqarolarga berilib, har bir kishi milliy boylikdagi o’zhissasiga egabo’ladi. Xususiylashtirish davlat mulkini investitsiya etishdan, ya’ni yangidan uni hisob-kitob qilib, uning haqiqiy qiymati miqdorini aniqlashdan boshlanadi. Uni o’tkazish uchun maxsus organlar tashkil etiladi. Xususiylashtirish uchun ajratilgan davlat mol-mulkining ro’yxati tuziladi, davlat mulkini sotib olish (berish) shart-sharoiti aniqlanadi.