XVII-XVIII asrlar Markaziy Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi tushkunlik
Qarshiyev Islom Egamqulovich,
JDPU o‘qituvchisi
XIV-XV asrlarda — temuriylar davrida yuz bergan rivojlanishdan so‘ng, XVI-XVII asrlarga kelib Turkistonning mavjud xo‘jaligida, siyosiy va madaniy hayotida tushkunlik kuchaya boradi. O‘zaro urushlar, qo‘shni davlatlar tomonidan qilingan istilochilik va bosqinchilik harakatlari xo‘jalikni izdan chiqaradi, shahar va qishloqlarni xarob etadi, dehkonlar va hunarmand kosiblar ahvolini tobora og‘irlashtiradi. XV asr oxirlarida Hindistonga dengiz yo‘li ochilishi Movarounnahrning savdo yo‘li sifatidagi ahamiyatini kamaytiradi.
XVI asr boshlarida Farg‘ona Dashti qipchoqdan bostirib kelgan Shayboniy qo‘liga o‘tadi. O‘zaro kurashlar va Eron bilan bo‘lgan urushdan keyin shayboniylar hukmronligi ham tugaydi. O‘lka bir necha muddat Buxoro xonlari ixtiyorida bo‘ladi. So‘ngra vodiy yerlari mayda o‘zbek zodagonlari o‘rtasida bo‘linib ketadi.
Yalangto‘shbiy butun G‘urjiston viloyati, Abdurahmon otalik, Qunduz, O‘rozbiy (Termiz, Rahim parvonachi Qarshi kabilarni boshqarganlar. Imomqulixonning bunday siyosatini shu bi¬lan tushuntirish mumkinki, bir tomondan, bu bilan Imomqulixon yirik amirlarni o‘z hokimiyatiga bog‘lab manfaatdor qilib qo‘ygan, ikkinchi tomondan esa o‘g‘li Rustam sultonning halokatidan (1612) so‘ng ashtarxoniylar sulolasining hukmron bosh oilasidan faqat ikki kishi-Imomqulixonning o‘zi va ukasi Nazr Muhammad qolgandilar. Imomqulixonning boshqa o‘g‘illari yo ukalari yo‘q edi. Ashtarxoniylarning boshqa oilalari, chunonchi, Imomqulixonning amakivachchalari ko‘pchilikni tashkil qilmay, ularning mulk boshqaruvida faollashuvidan ko‘p ham manfaatdor bo‘linmagan chog‘i. Zero, aks holda sulola ichida oliy taxt uchun da’vogarlar soni ko‘payib ketishi hech gap emasdi.
Nazr Muhammadxonning farzanddari serob bo‘lgan. Odatga ko‘ra, mulk takqsimotida eng oliy hukmdorning farzandlari-shahzodalar katta imtiyozga ega bo‘lganlar. Chunki ular merosxo‘r sifatida o‘z ulushlariga ega bo‘lishlari kerak edi, hatto balog‘atga yetmagan bo‘lsalar ham. Boshqa tomondan, oliy hukmdor mamlakat boshqaruvida o‘z farzandlariga suyanishga harakat qilgan. Shunday qilib Nazr Muhammadxon olti o‘g‘li, bir nabirasi, ikki jiyaniga mamlakatning asosiy viloyatlarini taqsimlab beradi. Chunonchi, Abdulaziz sultonga Samar¬qand, Xisrav sultonga-Badaxshon bilan Qunduz, Baxrom sultonga-Toshkent, Subhonkuli sultonga-Balx, Qutluq Muhammad sultonga-Hisor, Abdurahmon sultonga-Shibirg‘on va Andxud, nabirasi Qosim sul-tonga-Huzor, jiyanlari Muhammadyor sultonga-Shahrisabz, So‘fi sultonga-Toliqon tegadi . Agar mazkur shahzodalarning Imomqulixon oliy hukmdorligi yillarida otalari Nazr Muhammadxon mulki-Balx viloyati doirasidagina faoliyat ko‘rsatganliklari hisobga olinsa, Nazr Muhammadxonning Buxoroga o‘tishi mamlakat mulklar (viloyatlar) boshqaruvidagi o‘zgarishlar nechog‘lik keskin bo‘lganini ko‘rsatadi. Buni Nazr Muhammadxonning taxtga chiqishidan norozi bo‘lgan guruhlar oldindan bilganlar, albatta.
Buxoro xonligi taxtiga o‘tirgan ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxon bo‘ldi. Manbalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, u irodasiz va uquvsiz xon bo‘lgan. Bundan foydalangan mang‘it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy Buxoroda otaliq mansabini qo‘lga kiritadi, barcha otaliqlarning boshlig‘i va hukmron hokim bo‘lib oladi. Muhammad Hakim¬biy yurgizgan siyosatdan o‘zbek ayonlari norozi bo‘ladilar, natijada xonning obro‘-e’tibori tushib ketadi. Pirovardida Abulfayzxondan norozi bo‘lgan o‘zbek amirlari uni o‘ldirish payiga tushadilar va Xiva xoni Sherg‘ozixonni Buxoro taxtiga qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Bi¬roq, fitna fosh bo‘lib uning tashkilotchilari qatl qilinadilar. Sherg‘ozixon bu bilan ham tinchimaydi. Uning qutqusi bilan Shaxrisabz hokimi Ibrohimbiy Muhammad Hakimbiydan hokimiyatni tortib olish maq¬sadila 1722 yilda o‘z kuyovi (ba’zi rivoyatlarga qaraganda, Sherg‘ozining amakivachchasi) xivalik Shaxzoda Rajabni Samarqandda xon qilib ko‘targan. Ibrohimbiy esa uning huzurida «amirlar amiri» (amirulumaro) bo‘lib olgan.
Shunday qilib, biz ashtarxoniylar hukmronligi davridagi davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolini ko‘rib chiqdik. Bir so‘z bilan aytganda, qanchalik katta iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘linmasin, markaziy hokimiyatning zaiflashishi, mahallliychilik, siyosiy boshboshdoqlik mamlakat va davlatning boshqa barcha qudratlarini kesib yuboradi.
Nazr Muhammad zamonida boshlangan siyosiy berqarorlik taxminan yuz yil o‘tib sulola inqirozi va davlatning uchga bo‘linishi bilan tugadi. Shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida shayboniylar davrida boshlangan siyosiy tanazzul jarayoni kuchayib, ashtarxoniylar zamonida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ldi, butun hokimiyat mahalliy kuchlar qo‘lida mujassamlashdi. Shuning uchun ham viloyatlarning boshboshdoqlik kayfiyati bu vaqtda nihoyatda kuchaygan bundan davlatchilik asoslari zaiflashdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1.Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: Sharq, 2000. –B. 262.
2.Silsilot as-salotin, 204ab, 209b-varaqlar.
3. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: Sharq, 2000. –B. 2634. 4. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O‘.Ubaydullayev. Vatan tarixi. –T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2003. –B. 70-71.
5. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: Sharq, 2000. –B. 277.