YADRO

YADRO — ko’pchilik bir hujayrali va hamma ko’p hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Yadroning bo’lishi yoki bo’lmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK Tsitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar bo’lmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saqlovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Yadro hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Yadro bilan tsitoplazma o’rtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir bo’lib turadi. Yadroni hayvon hujayralarida Ya.Purkine (1825), o’simlik hujayralarida R.Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Yadro bitta yoki ko’p bo’lishi mumkin. Yadro tsitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi.